Xalqimizning odamiylik fazilati
Davlatimizning inson huquqi va erkinligini kafolatlash borasida olib borayotgan siyosati, pirovardida, odamning shaxs sifatida jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga xizmat qiladi. Prezidentimizning “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonini ana shu siyosatning izchil davomi, deyish mumkin.
Farmon asosida afv etilgan shaxslarning yoshi, jinsi, millati turlicha. Ularning aybi – hayot sinovlari oldida dovdirab qolgani, yomon ishga qoʻl urgani. Shu sababli ularga nisbatan qonuniy jazo tayinlangan.
Lekin jazo muddati jarayoni ham mahbus yoki javobgar uchun sinovdir. Ular tazyiqlar emas, balki zamon oʻzgarishiga qarab, uygʻongan vijdoniga tayanib oʻz aybiga iqror boʻlishdi. Muhimi, oʻz harakati qonunlarga zid ekanligini tushunib yetdi. Shu bois, davlatimiz rahbari bu shaxslarni afv etdi. Ochigʻi, ularning oʻz oilasiga, jamiyatga kelgusida manfaat keltirishiga ishondi.
Darhaqiqat, bunday tadbirning muqaddas Ramazon oyi va Hayit bayrami arafasida amalga oshirilishi bejiz emas, albatta. Boisi, afv etish xalqimizga xos odamiylik fazilatidandir. Endi ular bu gʻamxoʻrlikni oqlashi, eng avvalo, oilasiga, oʻz shaʼniga munosib yashamogʻi zarur.
Farmon TOSHEV,
Oliy Majlis Senati aʼzosi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring