Xalqaro turnir: sovrin jamgʻarmasi 120 ming AQSH dollari
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 11 — 19-noyabr kunlari shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun nufuzli xalqaro turnir oʻtkaziladi.
Ushbu musobaqada jahonning oʻndan ortiq mamlakatidan mahoratli shaxmat ustalari gʻoliblik uchun dona surishlari kutilmoqda.
Sovrin jamgʻarmasi 120 ming AQSH dollaridan iborat.
Ajoyib kombinatsiyalar, kutilgan va kutilmagan natijalar, oq va qora donalarda gʻalabaga boʻlgan intilish — bularning barchasi shaxmat boʻyicha Prezident kubogi xalqaro turnirida yana bir karra namoyon boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring