Xalqaro hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

12:18 17 Iyul 2023 Jamiyat
409 0

UNICEF xalqaro tashkilotining koʻmagi bilan Surxondaryo viloyatidagi qator maktabgacha taʼlim tashkilotlarida afgʻon oilalari farzandlari uchun maxsus guruhlar tashkil etilmoqda.

Kuni kecha Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlgan xalqaro tashkilot vakillari bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Dastlab tarbiyalanuvchilar ijrosidagi badiiy chiqishlar mehmonlar eʼtiboriga havola etildi.

Shundan soʻng maxsus guruhlar uchun manzilda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi va maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari bilan samimiy suhbat qurildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер