Xalq taʼlimi vazirligi oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarga kuch ishlatish holatini keskin qoralaydi — XTV
Bosh prokuratura Matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanidagi, 4-maktabda sodir boʻlganligi aytilayotgan oʻquvchiga nisbatan kuch ishlatish aks etgan holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Oʻqituvchining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Shu oʻrinda yurtimizdagi barcha pedagoglarga bolaga nisbatan kuch ishlatish mumkin emasligini eslatib oʻtmoqchimiz.
Xalq taʼlimi vazirligi oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarga kuch ishlatish holatini keskin qoralaydi.
Bugungi zamon oʻqituvchilar oʻquvchilar bilan faqat doʻstona munosabat oʻrnatish orqali natijaga erishish mumkinligini taqozo etadi. Har bir oʻquvchi bilan muammoni birgalikda ijobiy hal etish - bugungi kun pedagogining burchi hisoblanadi. Agar doʻstona munosabat orqali natijaga erishishning imkoni boʻlmasa buni hal etish uchun bolaning ota-onasi yohud uchastka noziri jalb etish toʻgʻri sanaladi.
Maktabda bunday holatlarning barcha koʻrinishlarini bartaraf etib, oʻqituvchilarni bosiqlikka va oʻzaro kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan hal etishga chaqirib qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring