“Xalq soʻzi” gazetasining 2020-yil 25-avgust sonida qanday maqolalar eʼlon qilindi?

01:30 25 Avgust 2020 Jamiyat
1850 0

1. Ishbilarmonlik va investitsiya muhiti qachon tubdan yaxshilanadi? Qachonki turli byurokratik toʻsiqlar olib tashlansa, qachonki litsenziya va ruxsat berish tartibi zamonga mos tarzda takomillashtirib borilsa. Bu oddiy haqiqat. Prezidentimizning navbatdagi qarorida ushbu sohani yana-da rivojlantirish, bu borada eskirgan tartib-taomillardan voz kechish, tizimdagi faoliyatni yana-da liberalashtirish masalalariga alohida urgʻu berilgan. Hujjatning mazmun-mohiyatini gazetamiz sahifalarida eʼlon qilingan toʻliq matni orqali bilib olishingiz mumkin.

2. “Moʻynoqning moʻjizasi nimada? Oʻzbekistonning eng chekka hududlaridan biri — Moʻynoqda bugungi kunda qanday loyiha va tashabbuslar ilgari surilayotganini bilmoqchi boʻlsangiz “Moʻynoq moʻjizasi” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqolani oʻqishni tavsiya qilamiz. Zero, unda hududda amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorlik ishlari bilan tanishasiz. 

3. Amir Temur asos solgan anjirli bogʻ. Bu bogʻ qayerda ekan, degan savol tugʻilishi tabiiy. Shu haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishni istasangiz gazeta sahifalarda muxbirimiz Abdulaziz Yoʻldoshevning «Amir Temur asos solgan anjirli bogʻ» sarlavhali maqolasini mutolaa qiling. Unda viloyatdagi Bogʻibaland mahallasidagi 40 gektar hududni qamrab olgan anjirzorlar har yili sayyohlar bilan gavjum boʻlishi, chunki bir necha asr oldin sohibqiron Amir Temur asos solgan ushbu bogʻda bugungi kunda anjirlar fermerlar tomonidan yetishtirilayotgani qayd etilgan.

4. Sektorlar muammolarni bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlay olyaptimi? Albatta, bu savolga javob topish uchun izlanish, tizimdagi yutuq va muammolarni oʻrganish zarur. Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi Tolibjon Madumarovning gazeta sahifalaridan oʻrin olgan ushbu sarlavhali maqolada orqali barchasini bilib olasiz.

5. Ichki turizm qachon kengayadi? Maʼlumotlarga koʻra, har yili yurtdoshlarimiz chet elda dam olish uchun 1 milliard 200 million dollar atrofida mablagʻ sarflamoqda. Buning asosiy sabablaridan biri – Oʻzbekistonda barcha talablarga javob beradigan zamonaviy turistik majmualar soni kamligidir. Tanqid va tahlillarga boy boʻlgan maqola gazetamiz sahifalarida eʼlon qilindi.

6. Ekspertlarning xulosalariga koʻra, ijtimoiy himoya bilan bogʻliq islohotlar juda keng qamrovli yondashuvni talab qiladi, oʻzgarish va yangiliklarni bir vaqtning oʻzida bir nechta soha va tizimda amalga oshirishga toʻgʻri keladi. Xoʻsh, Oʻzbekistonda bu borada qanday yutuqlarga erishmoqda, muammolar nimada? Bular haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʻzXDP fraksiyasi rahbari Ulugʻbek Inoyatovning chuqur tahlillarga boy maqolasi orqali bilib olasiz.

Shuningdek, gazetamizning bugungi sonida yana koʻplab bir-biridan qiziqarli va tahliliy maqolalar eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер