“Xalq soʻzi” gazetasi xodimi, taniqli jurnalist Mamadiyor Ziyodinov hayotdan koʻz yumdi
Foto: Халқ сўзи
Mamadiyor Ziyodinov 1962-yilning 18-mart kuni Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan. U 1983-yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Mamadiyor Ziyodinov mehnat faoliyatini 1982-yilda Qoʻshrabot tumanining “Istiqlol sari” gazetasida boshlagan. Shuningdek, mahoratli jurnalist “Surʼat temp” (Toshkent viloyati), “Zarafshon” (Samarqand viloyati), “Qishloq hayoti” gazetalarida, shuningdek, Qoʻshrabot tumani hokimligi va Amir Temur xalqaro xayriya jamgʻarmasi Samarqand viloyati boʻlimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
U 2013-yilda “Yilning eng yaxshi jurnalisti” Respublika tanlovida matbuot yoʻnalishida gʻolib boʻlgan.
Mamadiyor Ziyodinov 2011-yildan hozirga qadar “Xalq soʻzi” gazetasida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.
“Xalq soʻzi” va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati hamkasbimizning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring