“Xayraton – Mozori Sharif” temir yoʻl liniyasini qayta tiklash va taʼmirlash ishlariga bagʻishlangan tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
“Xayraton – Mozori Sharif” temir yoʻl liniyasini qayta tiklash va taʼmirlash ishlariga bagʻishlangan tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilindi.
Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga yetkazib berish koʻzda tutilgan. Ushbu maqsadda “Xayraton” stansiyasining “B” parkida hamda temir yoʻl infrastrukturasining 57 km boʻlgan hududlarida toʻliq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring