Ketma-ket 150 kundan beri koronavirus holatlari aniqlanmagan davlat maʼlum boʻldi

17:30 15 Sentyabr 2020 Dunyo
737 0

Foto: pixabay.com

Fijida 150 kundan beri aholi orasida koronavirus infeksiyasining yangi holatlari qayd etilmagan. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Frenk Baynimarama maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, pandemiyaga qarshi koʻrilgan chora-tadbirlar, shuningdek, chegarada jiddiy nazorat oʻrnatilganligi bilan ushbu ijobiy natijaga erishilgan. Pandemiya boshidan beri mamlakatda koronavirus yuqtirish boʻyicha 32 ta holat qayd etilgan. Ikki bemor hayotdan koʻz yumgan, 24 nafari sogʻaygan. Olti bemor muolajalarni davom ettirmoqda.

Keyingi kunlarda ayrim davlatlarda kasallikni yuqtirish holati yana keskin oʻsa boshladi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, dushanba kuni dunyo boʻyicha 309 mingta yangi holat tasdiqlangan. Bu pandemiya boshlanganidan beri qayd etilgan rekord koʻrsatkichdir.

Ayni paytda dunyoda koronavirus infeksiyasining aniqlangan holatlarining umumiy soni 29 milliondan oshdi. 19,6 milliondan ortiq bemor tuzalgan. Infeksiya asoratlari oqibatida 924 105 bemor hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер