Kerak boʻlsa 1 milliard dollargacha beraman — Prezident yoshlarni oʻqitish, ishga joylashtirishni moliyalashtirish masalasiga toʻxtaldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.
“Maxsus rakurs” koʻrsatuvida maʼlum qilinishicha, videoselektorda yoshlarni oʻqitish, ishga joylashtirish va ularning moliyalashtirish manbalari boʻyicha choralar belgilangan.
«Hozircha 1 trillion 3 milliard (soʻm — tahr.) yaqin pul shundaymi (Markaziy bank raisiga yuzlanib — tahr.), hozircha! Lekin men yana bir marta aytaman, men ochiqcha aytmoqchiman kerak boʻlsa 1 milliard dollargacha beraman», dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring