Keniyada oʻtkazilgan Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo ekspertlar guruhining 59-sessiyasida Oʻzbekiston vakili ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasining Misrdagi elchixonasi xodimi Muzaffar Jalilov Keniyaning Nayrobi shahrida boʻlib oʻtgan Jahon meteorologiya tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo ekspertlar guruhining 59-sessiyasida ishtirok etdi.
Tadbirda dunyoning 160 dan ziyod mamlakatidan kelgan iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha olim, tadqiqotchi va mutaxassislar, ekologiya va gidrometeorologiya sohalariga masʼul vazirlik va idoralarning mutasaddilari qatnashdi.
Sessiyada Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo ekspertlar guruhining raisi, uning oʻrinbosarlari, guruh byurosi hamraisi va aʼzolari, ishchi guruhlar hamraislari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga saylovlar boʻlib oʻtdi.
Yashirin ovoz berish yoʻli orqali oʻtkazilgan saylovning ovoz berish jarayoni bir necha bosqichda tashkil qilindi. Ovoz berish natijalari boʻyicha tegishli lavozimlarga quyidagi davlatlarning vakillari saylanishdi:
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo ekspertlar guruhining raisi – Buyuk Britaniya,
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo ekspertlar guruhining raisi oʻrinbosari – Vengriya, Tanzaniya, Kuba.
Guruh byurosi hamraisi – Yaponiya, Pokiston.
1-ishchi guruh hamraisi – Fransiya, Xitoy.
1-ishchi guruh raisi oʻrinbosari –Argentina, Indoneziya, Shveysariya, Gana, Senegal, Nepal, Kanada.
2-ishchi guruh hamraisi – Singapur, Niderlandiya.
2-ishchi guruh raisi oʻrinbosari –Hindiston, Latviya, Keniya, Chili, Bagama, Gambiya, Venesuela, Avstraliya.
3-ishchi guruh hamraisi – AQSH, Malayziya.
3-ishchi guruh raisi oʻrinbosari –Norvegiya, Jazoir, Turkiya, SAP, Peru, Germaniya, Kongo.
Guruh byurosi aʼzosi –AQSH, Misr, Malayziya, Meksika, Ispaniya, Italiya, Indoneziya, Argentina, Maldiv, Chad, Chili, Eron.
Sessiya yakunida Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo ekspertlar guruhining istiqboldagi rejalari, yangi saylangan masʼullarning kelgusida amalga oshiradigan ishlari belgilab olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring