Kelgusi yillarda ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi 2 barobar oshiriladi — Shavkat Mirziyoyev
Foto: BMT
“Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirib, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini faol qo‘llab-quvvatlaymiz.
Kelgusi yetti yilda amaliy tadqiqotlarga davlat tomonidan 4 trillion so‘m, tarmoqlar va xususiy sektor tomonidan ham yana shuncha mablag‘ yo‘naltiriladi. Shuningdek, Innovasiya jamg‘armasiga 5 trillion so‘m ajratilib, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.
Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat kabi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida ilmiy-tadqiqot dasturlarini qabul qilamiz. Ushbu maqsadlarga kelgusi yetti yilda 2 trillion so‘m ajratiladi.
Kelgusi yillarda ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi 2 barobar oshiriladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring