Kelgusi yildan “Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi” loyihasi boshlanadi

16:20 20 Dekabr 2023 Dunyo
539 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Majlisda yangi imkoniyatlar hisobiga 2024-yilda IT xizmatlari hajmini 2 barobar oshirib, eksportini 800 million dollarga yetkazish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu marralarga erishish uchun chet tili va ITni biladigan kadrlar zarurligini koʻrsatib oʻtdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi oldiga kelgusi yilda 8 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni saralab, nufuzli xalqaro kompaniyalar talabiga mos dastur asosida oʻqitish, ularni IT kompaniyalaridagi yuqori daromadli ishlarga joylashtirish vazifasi qoʻyildi.

Shuningdek, kelgusi yildan “Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi” loyihasi boshlanadi. 30 ming yoshlarni ingliz tiliga oʻqitib, IELTSdan kamida 7 ball, nemis va boshqa tillardan B2 sertifikati olishi uchun sharoit yaratiladi.

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi IT shaharcha loyihasini maʼqullab, shu tajriba asosida 2024-yil yakuniga qadar har bir tumanda shunday shaharcha yaratish muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek, AQSHlik hamkorlar bilan “Inklyuziv raqamlashtirish” loyihasi doirasida kamida 20 ming nafar yoshlar, ayollar va nogironligi boʻlgan aholi bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер