Kelgusi yilda Yevropaga sanoat eksportini 600 ta mahsulotga, eksport hajmini 700 million dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi

17:12 07 Noyabr 2022 Siyosat
810 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida sanoatni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Oʻzbekiston “GSP+” tizimiga qoʻshilganiga bir yildan oshdi. Yevropa bozorida sotiladigan tayyor mahsulotlar uchun transport xarajatlariga 70 foizgacha subsidiya berilmoqda.

Lekin, “GSP+”ga kiradigan 6 ming 200 ta bojsiz mahsulotning bor-yoʻgʻi 325 turi eksport qilinayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Sababi - korxonalarimiz yirik yetkazib berish zanjirlariga qoʻshila olmayapti, xalqaro sertifikati yoʻq. Sifati yaxshi boʻlsa ham, mahsulotini sota olmayapti.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga Yevropaga kelgusi yilda sanoat eksportini 600 ta mahsulotga, eksport hajmini 700 million dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер