Kelgusi yil inson kapitalini rivojlantirish uchun qariyb 103 trillion soʻm yoʻnaltirish moʻljallanmoqda
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida ijtimoiy sohalarni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Shu bois, 2024-yil uchun Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda bu sohalarga ham alohida ahamiyat qaratilgan.
Xususan, kelgusi yil inson kapitalini rivojlantirish uchun qariyb 103 trillion soʻm yoʻnaltirish moʻljallanmoqda. Ajratilgan ushbu mablagʻ umumiy budjet xarajatlarining 33 foizini tashkil etadi.
Maktablarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun 4,1 trln. soʻm ajratilishi belgilanmoqda. Qonun loyihasi bilan oliygohlar uchun kelgusi yil budjetidan 3,9 trln. soʻm, taʼlim krediti uchun 2,2 trln. soʻm ajratiladi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi masjlisida aytib oʻtildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring