Keyingi hafta -17 daraja sovuq bo‘lishi mumkin
Jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ural va Gʻarbiy Qozog‘iston orqali Rossiyasining shimoliy Yevropa hududlaridan 9-10-dekabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 11-12-dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. 10-11-dekabr kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin).
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 11-12-dekabrda kechasi 7-10 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkentda: 10-11 dekabrda, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin). 11-12-dekabrda havo harorati kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja sovuq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring