Senat Raisi Kegeyli tumaniga tashrif buyurdi.

21:57 11 Iyun 2021 Siyosat
1029 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva, Oliy Majlis Senati aʼzolari U.Jalmenov, L.Seytovalar Kegeyli tumaniga tashrif buyurdi. Ularga Kegeyli tumani hokimi D.Utemuraov, sektor rahbarlari hamrohlik qildi.

Rasmiylarimiz dastlab «Qumshingil» OFY hududidagi “Kegeyli Hunarmand” klasterida xotin-qizlar va yoshlarni kasbga oʻqitish boʻyicha tashkil etilgan “Ustoz-shogird” maktabining ochilish marosimida qatnashdi. Ochilish marosimida tuman hokimi D.Utemuratov tarafidan “Ustoz-shogird” maktabining maqsadi tadbir qatnashchilariga maʼlum etildi.

Bu yerga 10 ga “Amerika tolini” ekishimizdan maqsad hududda hunarmandchilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash va maxsus daftarlarga kiritilgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash. Amerika toli daraxti bugungi kunda mebel va turli savat yasashda foydalaniladigan xomashyo hisoblanadi. Bu esa oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun mutaxassislarni jalb qilgan holda aholi, ayniqsa, yoshlarni savat toʻqish va boshqa maishiy mahsulotlar ishlab chiqarishga jalb qilish mumkin. Joriy yilning oʻzida 1 million dona koʻchat ekish ishlarini boshladik ,- deydi tadbirkor Q. Jurayev senat aʼzolarining soʻrovlariga javob bergan holda.

Shuningdek senat aʼzolari “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan savat toʻqishni oʻrganayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishib, hunarmandchilikni yana-da kengaytirish borasida tuman rahbarlariga oʻz takliflarini bildirdi.

Shundan soʻng Senat Raisi Kegeyli tumanida tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularga davlatimiz taʼmonidan olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Tadbir yakunida bir qator xotin-qizlarimiz sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер