Kecha 451 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi
SSV matbuot xizmati xabariga koʻra, 2021-yil 8-oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 177834 (+451) nafarni tashkil etmoqda.
Kasallikdan sogʻayganlar jami 173166 (+510) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1266 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring