Kattaqoʻrgʻonda yogʻ mahsuloti ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M.A.” MCHJ rahbari V.X. oʻziga tegishli noturar joy binoda yashirin sex tashkil etib, isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yaroqsiz yogʻ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 7 740 kg. chigit, 3 dona juvoz uskunasi, 3 dona elektr dvigatel va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring