Kattalarda tish chiqishini taʼminlovchi preparat yaratildi
Yaponiyaning Kioto va Fukui universitetlari olimlari katta yoshli insonlarda yangidan tish oʻsib chiqishini taʼminlovchi preparat yaratdi.
Mazkur oʻziga xos vosita organizmdagi USAG-1 genini bloklovchi antitana ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Chunki bu gen insonlar va sut emizuvchilar turkumiga mansub jonzotlarda tish oʻsishini cheklaydi.
Tadqiqotchilar ushbu jarayonga toʻsqinlik qilish maqsadida USAG-1ning tanamizdagi boshqa genlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrgandi.
Shundan soʻng tahlil natijalari asosida ana shu oʻzaro taʼsirni bloklashga xizmat qiluvchi dori vositasi ishlab chiqildi.
Yangilik mualliflari 2024-yilda preparatni odamlarda klinik sinovdan oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
Ularning fikricha, 2030-yilga borib, insoniyat sunʼiy tish implantlarini qoʻydirish ehtiyojidan xalos boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring