Katta kredit olib, Turkiyada yashirinib yurgan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi

10:00 09 Aprel 2026 Jamiyat
116 0

Oʻzbekistonda yirik miqdorda kredit mablagʻlarini olib, ularni qaytarmasdan Turkiyada yashirinib yurgan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlik natijasida Samarqand viloyatida tugʻilgan 37 yoshli fuqaro B.A. aniqlanib, tegishli tartibda qoʻlga olingan hamda qonuniy chora koʻrish uchun Oʻzbekistonga qaytarilgan.

Hozirda B.A. ga nisbatan qonunchilikka muvofiq tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona oʻzbekistonliklarni xorijda boʻlgan davrida amaldagi qonunlarga qatʼiy rioya etishga chaqirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер