Kasbi, Qarshi, Baxmal, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hokim oʻrinbosarlari ishdan olindi

10:08 29 Mart 2024 Siyosat
656 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida «Yashil makon» loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar oʻrinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi masʼul rahbarlarning bu boradagi faoliyati koʻrib chiqilgani, ulardan 30 nafariga nisbatan intizomiy jazo koʻrilganini qayd etdi.

Jumladan, Kasbi, Qarshi, Baxmal, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hokim oʻrinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining oʻrinbosarlari va boshqa rahbarlarga «hayfsan» berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер