Kasbga oʻqitishning Oqdaryo tajribasi respublika boʻyicha tatbiq etiladi

08:03 31 Avgust 2023 Jamiyat
538 0

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 32-maktabda tadbirkorlar bilan hamkorlikda oʻquvchilarni kasbga oʻqitish tajribasi butun respublikada keng tatbiq etiladi. Jumladan:

Keyingi oʻquv yiliga qadar Samarqanddagi har bir tumanda 10 tadan maktabda bu tizim joriy etiladi.

Bu yil 387 ming nafar oʻquvchi maktabni tamomlab, 138 mingtasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan, yana 54 mingtasi professional taʼlim bilan qamrab olinadi. Lekin qolgan 195 ming nafar yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish va oʻqitish masalasi dolzarbdir.

Yil yakunigacha har bir tumandagi kamida ikkitadan maktabda ushbu tajriba yoʻlga qoʻyiladi.

Oqdaryo tumanidagi 32-maktabda oʻquvchilarni 7-sinfdan boshlab mahalla va tumanda talab yuqori boʻlgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritish, ipakchi, mebelchi, avtomobil ustasi kabi 15 ta kasb-hunarga oʻrgatish va 2 ta chet tilini oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan.

Eʼtiborlisi, ushbu loyiha mahalliy budjet va tadbirkorlar mablagʻlari hisobidan boʻlib, oʻquvchilar bu yerda ish haqi olmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер