Kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar toʻliq davlat tomonidan himoyalanadi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova maʼlum qildi.
Kasb kasalliklari klinikasi respublikadagi yagona ixtisoslashtirilgan klinika boʻlib, 100 oʻringa ega.
Unda har yili respublikaning barcha hududlaridan 3 mingdan ortiq bemor davolanish va reabilitatsiyadan, 33 mingdan ortiq bemor esa ambulator sharoitida tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasida dispanser nazoratida turadi. Ular klinikada har yili bepul davolanish, tekshirish va reabilitatsiya huquqiga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring