Kasallik ortga chekinayotgani yoʻq — statistika
Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, kecha yurtimizda qariyb 400 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Pandemiya boshidan buyon vafot etgan bemorlar soni rasman 1300 nafarga yetdi.
Xususan, 2021-yil 21-oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 182 819 (+398) nafarni tashkil etmoqda.
Kasallikdan sogʻayganlar jami 178 695 (+376) nafarga yetib, sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring