Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi lavozimiga tayinlandi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Karomidin Gadoyev bugun Malayziya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
U shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 59 yoshda. Buxoro viloyati Kumushkent qishlog‘ida tug‘ilgan.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) geografiya fakultetini tamomlagan. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. 1995 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, markaziy apparatda, O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi va Bryusseldagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.
Birinchi darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.
Karomidin Gadoyev 2018–2023 yillarda Kuala-Lumpurdagi diplomatik missiyaga rahbarlik qilgan Ravshan Usmanov o‘rniga tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring