Karmana tumani mansabdorlari ishdan olindi

19:27 31 Oktyabr 2023 Siyosat
292 0

Mamlakatimizdagi elektr ulgurji isteʼmolchilarining 28 foizi avtomatlashgan tizimga (ASKUE) ulanmagani qayd etildi. Yoki, aqlli hisoblagichlar oʻrnatilgani bilan, 170 mingdan ziyod abonentlarning avtomatlashgan tizim bilan aloqasi yoʻq.

Soha mutasaddilariga barcha ulgurji isteʼmolchilarni ASKUE tizimiga ulash topshirildi.

Joriy yilda hududlarda 3,5 milliard kilovatt-soat elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani taʼkidlandi. Misol uchun, Karmanadagi qurilishi yakunlanmagan binoda 452 ta “mayning” qurilmasi oʻrnatilgani oqibatida oʻn oy davomida qariyb 5,5 million kilovatt-soat elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Karmana tumani hokimi, prokurori, departament boshligʻi, ichki ishlar, elektr tarmoqlari rahbarlari oʻn oyda hududda shuncha elektrdan oʻgʻirlikni payqamagani, tumanda oylik isteʼmol birdaniga 5 foizga oshganini tahlil qilmagani tanqid qilindi.

Ushbu rahbarlarning barchasi ishdan olinishi belgilandi, Bosh prokuraturaga ularning harakatiga baho berib, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi.

Mutasaddilarga oʻgʻirliklar eng yuqori boʻlgan hududlarda noqonuniy isteʼmolga sabab boʻlayotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilish boʻyicha tizim yaratish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер