Osiyo oʻyinlari. Bahriniso Boboyeva karateda kumush medal sohibi boʻldi
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston karate jamoasi yana bir medalga ega chiqdi.
-50 kg vazn toifasidagi vakili Bahriniso Boboyeva finalga qadar yetib bordi. Boboyeva nimchorak final bosqichida filippinlik Junna Sukini 2:1, chorak finalda Birlashgan Arab Amirliklari vakili Alajmi Havrani 5:1, yarim finalda esa tailandlik Raksachart Pavinani 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgandi.
Bahriniso finalda Xitoy Taypeyi vakili Shiashuang Guga 2:3 hisobida yutqazib qoʻydi va yakunda kumush medal sohibiga aylandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston karate jamoasi bungacha Osiyo oʻyinlarida 2ta medal olishga ulgurgandi. -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sadriddin Saymatov hamda -61 kg vazn toifasida ishtirok etgan Barno Mirzayeva bronza medal sovrindoriga aylangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring