Karantindan keyin Toshkentda ishsiz yoshlar 3 baravar koʻpayishi tahmin qilinmoqda

09:42 18 Aprel 2020 Jamiyat
2171 0

foto by: Google

Toshkent shahrida karantin oʻtganidan soʻng ishsiz yoshlar soni 3 barobarga koʻpayishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Poytaxt hokimligida hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari majmuasi yigʻilishida maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi ijrosini taʼminlash va shu orqali isteʼdodli, izlanuvchan yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida yaqin orada onlayn tanlovlar platformasi ham ishga tushiriladi.

Shu sabab hozirda shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari boshqa qator sohalar rahabarlari bilan birgalikda ularni IT yoʻnalishidagi tadbirkorlikka jalb etish, koʻnikmalarini rivojlantirish, sektorlar bilan yuzaga keluvchi muammolar yechimi ustida ishlayotganliklari ham aytib oʻtilgan.

Bundan tashqari, barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim muassalari, sport va musiqa maktablarida takroriy, yaʼni ikkinchi marotaba dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazish va toʻliq tugatish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar koʻrib chiqilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilgan.

Maʼlumki, karantin davrida taʼlim jarayonida uzilish boʻlmasligi uchun barcha taʼlim muassasalarining pedagoglari oʻquvchilarni onlayn oʻqitmoqda.

Shuningdek, darslar televideniyening 3 ta kanali orqali muntazam berib borilmoqda va bunga Toshkent shahridan 188 nafar oʻqituvchilar, 50 nafar sportchilar, 100 nafar maktabgacha taʼlim muassasalari pedagoglari jalb etilgan boʻlib, yigʻilishda ular Toshkent shahar hokimiyati tomonidan ragʻbatlantirilishi maʼlum qilindi.

Shu bilan birga karantin tugashi bilan poytaxtdagi bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilantoʻliq qamrab olishni 93 foizdan 100 foizga koʻtarish hamda 6 yoshli bolalarni (100 foiz) maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish masalasi ham muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер