Karantin yaqin orada tugamasligi mumkinmi?

14:41 18 May 2020 Jamiyat
770 0

Arxiv foto

Bugun AOKA shtabida boʻlib oʻtgan brifingda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagi savolga ham javob berdi.

Savol: Yaqinda Prezidentimizning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarida, balkim, karantin sharoitida ishlashga oʻrganishimiz ham kerakdir degan fikrlarini eshitib qoldim. Karantin yaqin orada tugamasligi mumkinmi?

Javob: Biz koronavirus pandemiyasi qachongacha davom etishini aniq bilmaymiz, hech kim va hech qanday davlat bu savolga aniq javob bera olmayapti.

Shunday ekan, karantin tufayli korxona va tashkilotlarning faoliyatini butunlay toʻxtatib qoʻyish va epidemik vaziyat barqarorlashuvini kutib oʻtirish jiddiy iqtisodiy inqirozlarga olib kelishi mumkin.

Demak, koronavirus kasalligi boʻyicha global pandemiyaning salbiy oqibatlari chuqurlashib ketishining oldini olish uchun tashkilot va muassasalarning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda epidemiyaga qarshi tadbirlarni toʻliq bajarib, faoliyat yuritishlariga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi kerak boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер