Karantin qoidalari eng koʻp qaysi viloyatlarda buzilayotgani maʼlum qilindi

11:13 05 Aprel 2020 Jamiyat
2118 0

Karantin tadbirlari eʼlon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz boʻyicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq jami – 27 486 ta holat aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Ular:

- Toshkent shahrida – 4 641 ta holat;

- Fargʻona viloyatida – 3 223 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 2 979 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 2 691 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 2 314 ta holat;

- Namangan viloyatida – 1 872 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 1 650 ta holat;

- Andijon viloyatida – 1 570 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 1 554 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 416 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 1 177 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 1 162 ta holat;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasida - 915 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 322 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 4-aprel kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Andijon koʻchasida yashovchi 1996-y.t. I.U., Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, “Yangihayot” mahallasida yashovchi 2001-y.t. J.A., Jizzax viloyati, Zomin tumani, “Bunyodkor” mahallasida yashovchi 1989-y.t. Sh.A., Samarqand viloyati, Toyloq tumani, “Ukrach” mahallasida yashovchi 1996-y.t. Sh.B., Buxoro viloyati, Vobkent tumani, “Pushmon” qishlogʻida yashovchi 1995-y.t. D.H., Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, “Oybek” mahallasida yashovchi 1965-y.t. O.S., Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Chaykul” ovulida yashovchi 1987-y.t. S.U. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilganlar.

4-aprel kuni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Otayurt” mahallasi, Xumoqushi koʻchasida yashovchi 1962-y.t. R.G. “VAZ-2107” rusumli avtomashinasida ruxsatnomasiz odam tashib yurganligi aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasiga asosan avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

4-aprel kuni Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani, Qarshilik kishlogʻida yashovchi 1994-y.t. fuqaro J.B., Namangan shahar, “Sharshara” mahallasi, 2-Piskent koʻchasida yashovchi 1987-y.t. fuqaro A.X., Namangan shahar, S.Adashev koʻchasida yashovchi 1973-y.t. X.A.lar ruxsatnomasiz oʻz transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasiga asosan avtomashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

4-aprel kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Ravot” mahallasida yashovchi 1995-y.t. Sh.A. Tong 2-berk koʻchasida joylashgan avtomoykani karantin cheklovlariga qaramay ishlatib kelganligi aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер