Karantin qoidalari eng koʻp qaysi viloyatda buzilmoqda?

10:28 11 Aprel 2020 Jamiyat
1387 0

arxiv foto

Karantin tadbirlari eʼlon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika boʻyicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq jami – 46 672 ta holat aniqlangan.

Ular:

- Toshkent shahrida – 7 347 ta holat;

- Fargʻona viloyatida – 5 891 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 6 065 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 4 769 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 3 759 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 3 594 ta holat;

- Namangan viloyatida – 2 913 ta holat;

- Andijon viloyatida – 2 765 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 1 962 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 855 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 1 824 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 1 758 ta holat;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 1 554 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 616 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 10-aprel kuni Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, “Sovotobod” mahallasida yashovchi 1980-y.t. fuqaro B.M., Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, “Gʻoliblar” mahallasi, Samarqand koʻchasida yashovchi 1985-y.t. D.U.lar ruxsatnomasiz oʻz transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

10-aprel kuni Buxoro viloyati, Romitan tumani, “Attoron” mahallasi, Tagʻore qishlogʻida yashovchi 1990-y.t. N.K. oʻz velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilib, velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

10-aprel kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Boshliq mavzesida yashovchi 2002-y.t. S.B. sartaroshxonada faoliyat koʻrsatib kelganligi aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilgan.

10-aprel kuni Buxoro viloyati, Romitan tumani, “Bogʻcha” mahallasi, Sariosiyo qishlogʻida yashovchi 1964-y.t. F.H. oʻzining avtomashinasida 3 nafar yoʻlovchi tashib yurganligi aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер