Karantin paytida chet elda va onlayn taʼlim boʻyicha qabullarni taklif qilayotgan firmalarning faoliyati qonuniy ekanini qanday ajratish mumkin?

15:52 17 Aprel 2020 Jamiyat
1673 0

Bugun AOKA shtabida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi Feruza Madrahimova ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

“Oʻqishga qabul jarayoni karantin tufayli odatdagidek boʻlmasligi ehtimoli yuqori. Shunday paytda chet elda va onlayn taʼlim boʻyicha qabullarni taklif qilayotgan firmalarning faoliyati qonuniy ekanini qanday ajratish mumkin?” degan savolga matbuot kotibi quyidagicha javob berdi:

"Bugungi kunda yurtimizda nodavlat taʼlim tashkilotlari soni va yoʻnalishlari oshgani, ular faoliyatini tashkil etishda, xalqaro tashkilotlar, xorijiy OTMlari bilan faol hamkorlik qilinayotganligini eʼtirof etib oʻtish lozim.

Biroq ayrim holatlarda mazkur muassasalar faoliyati, vazifasi va vakolati bilan bogʻliq masalalarning NOTOʻGʻRI tushunilishi yoki talqin qilinishi sababli fuqarolarimizda ayrim nodavlat taʼlim tashkilotlari haqida xolis axborot olishga boʻlgan ehtiyoj paydo boʻlmoqda.

Avvalo, oʻqishga qabulni taklif etayotgan xorijiy taʼlim tashkiloti (muassasasi) oʻz davlatida taʼlim faoliyati litsenziyalangan va vakolatli organ tomonidan akkreditatsiyalangan boʻlishi lozim.

Shuningdek, Oʻzbekistonda ham oliy taʼlimni taklif qilayotgan nodavlat taʼlim muassasasi litsenziyaga ega boʻlishi kerak.

Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuni yodda tutish muhimki, tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtmagan taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki boshqa davlatlar tomonidan ham TAN OLINMAYDI!"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер