Karantin davrida ishdan chetlatilgan xodimga nafaqa toʻlanadimi?
Illyustrativ foto
Qonunchilikka koʻra, agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan boʻlsa davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa beriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlumot taqdim etdi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib boʻlgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining toʻliq miqdorida, boshqa hollarda esa ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda toʻlanadi .
Bunday nafaqaning eng kam miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdori (679 ming 330 soʻm)ning 35,2 foizidan, yaʼni 239 ming 124 soʻmdan oz boʻlmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring