Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etildi
“Kapital bozorini tartibga solish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-maydan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, uning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga oʻtkaziladi.
Shunga koʻra, Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida bir qator vazifalar yuklatildi.
Vazirlik qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
Departamentning oʻz faoliyatini bevosita hududlarda olib boradigan xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring