Kamala Xarrisga yangi lavozim topshirildi
AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris yana bir yangi lavozimga ega boʻldi. Yaʼni, u AQSH Milliy kosmik kengashining rahbari vazifasini bajaradigan boʻldi. Bu haqda siyosatchining oʻzi maʼlum qildi.
«Avval aytib oʻtganimdek, AQSH oyga intilmoqda, unga oʻz bayrogʻimizni oʻrnatamiz. Milliy kosmik kengashimizga rahbarlik qilish men uchun katta sharafdir», deya yozgan Xarris oʻzining «Tvitteri»da.
Xarris demokrat Jozef Baydenning davlat rahbari lavozimiga kirishishi bilan vitse-prezident boʻldi. U AQSH tarixiga afroamerikalik va osiyolik birinchi vitse-prezident sifatida kirdi. Bungacha Xarris Kaliforniya shtati Bosh prokurori, shuningdek, ushbu shtatdan senator boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring