Kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi
“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori (№492-son, 22.09.2023-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni hrm.argos.uz elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Qarorga koʻra:
2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada (hrm.argos.uz) shakllantiriladi va yuritiladi.
Kadrlarga oid maʼlumot va hujjatlar quyidagi tizimlarga avtomatik yuboriladi:
➖ davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, qoʻshimcha bitimlar, vakant ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar YAMMT (my.mehnat.uz)ga;
➖ qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun edo.ijro.uz axborot tizimiga;
➖ xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun zarur maʼlumotlar UzASBO dasturiy majmuasiga.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring