YTH oqibatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hayotdan ko‘z yumdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tursunov Sobit Axmadovich Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Fojia u suv tanqisligi bo‘yicha muammolarni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatiga xizmat safari bilan ketayotgan paytda yuz bergan.
Tursunov Sobit Axmadovich 1973 yil 10 iyul kuni Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tavallud topgan edi. U 1994 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2012 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Tahririyatimiz marhumning oila a’zolari, yaqinlariga hamdardlik izhor qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring