Yoʻqchilik ortda qolib, toʻqchilikka yetishdilar

15:00 18 May 2021 Jamiyat
535 0

Respublikamizda kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻz samarasini bera boshladi. Oltinkoʻl tumanida ham “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tarkibiga kiritilgan hamyurtlarimizni doimiy daromad manbaiga ega qilish boʻyicha samarali ishlar tashkil etildi.

—Tayinli ish joyiga ega emas edik, — deydi “Qashqar” mahallasida yashovchi Odiljon Tolipov. — Qoʻlimizda hunarimiz bor ediyu, mablagʻimiz yoʻq edi. Shu tariqa “Temir daftar”ga kiritildik. Hech qayerdan umidimiz qolmagan paytda tuman hokimligi jonimizga oro kirib, 20 mln. soʻm miqdoridagi kredit mablagʻi bilan taʼminlanishimizga koʻmak berdi. Ushbu mablagʻga 2 ta tikuv mashinasi bilan xom ashyo sotib oldik.

Ayni paytda Odiljon turmush oʻrtogʻi Omatoy bilan poyabzal ishlab chiqarishga asos solgan. Natijada oʻzlari kabi yana 6 nafar mahalladoshlarni ham ish bilan taʼminladilar. “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlgach, mahsulotini qoʻshni viloyatdagi buyurtmachilarga ham yetkazish imkoni yaratildi. Eng muhimi, bir kunda 200 ming soʻm daromadga ega boʻlmoqda. Yosh oilaning yoʻqchilikdan toʻqchilikka erishishi shu tariqa amalga oshdi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер