Yo‘q suvga otning kallasidek qarz
To‘rtko‘l tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga To‘rtko‘l shahri Ibn Sino MFY Tayanch ko‘chasi №17/1 uyda yashovchi fuqaro Xudayar Yusupov murojat qildi.
Unga ko‘ra xonadon 2014 yil ichimlik suvi tarmog‘idan quvurlar juda eskirib ketganligi sabab ajratilgan. To‘rtko‘l tuman suv tarmoqlari korxonasining 2018 yil 18-yanvar kungi №33 sonli iste’molchining xonadoni suv tarmoqlari korxonasining abonenti emas degan mazmunida ma’lumotnoma borligiga qaramasdan bugungi kunga kelib xonadonga 1.336.000 so‘m qarzdorlik qayd qilingan.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash va xorijiy aloqalar bo‘limi tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada iste’molchining ichimlik suvidan hech qanday qarzdorligi yo‘qligi aniqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring