Yoʻlovchilar diqqatiga!

18:28 23 Noyabr 2020 Jamiyat
943 0

Toshkent - Andijon - Toshkent yoʻnalishida harakatlanib, yoʻlovchilarning uzogʻini yaqin qilib kelayotgan 92/91-sonli hamda 94/93-sonli yoʻlovchi poyezdlari harakatida oʻzgarish boʻlmoqda.

Bugungi kungacha Toshkent janubiy vokzalidan harakatlanib kelayotgan mazkur poyezdlar, 2020-yil 26-noyabrdan boshlab, Toshkent markaziy (shimoliy) vokzalidan harakatlanishni boshlaydi. Harakat jadvalida esa oʻzgarishlar boʻlmaydi. 

Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер