Yoʻlovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi
Norvegiyaning Nordland hududida yoʻlovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Voqea joyida politsiya va favqulodda xizmatlar ishlamoqda. U yerga uchta vertolyot joʻnatildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jabrlanganlar bor, ularga yengil tan jarohati tashxisi qoʻyilgan. Hodisa vaqtida poyezd Tronxeym shahridan Budega ketayotgan boʻlgan.
Lokomotivdan tashqari poyezd tarkibida beshta yoʻlovchi vagoni ham boʻlgan.
Xabarlarga koʻra, poyezdda 50 nafardan 70 nafargacha odam boʻlgan. Yoʻlovchilar evakuatsiya qilinmoqda. Poyezdning relsdan chiqib ketishiga togʻning qulashi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring