Yoʻllarning holati oʻsib borayotgan transport vositalarining tirbandliklarsiz harakatlanishini taʼminlashga javob bermaydi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida jamiyatimiz taraqqiyoti, inson manfaatlarini taʼminlashga doir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Dastlab “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, bugungi kundagi yoʻllarning holati oʻsib borayotgan transport vositalarining tirbandliklarsiz harakatlanishini taʼminlashga javob bermaydi. Yoʻl harakati ishtirokchilari boʻlgan transport vositalari yoʻlovchilari, piyoda va velosiped xaydovchilar uchun yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻri va tizimli yoʻlga qoʻyilmagan.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi yoʻl harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish tizimni takomillashtirish va yoʻl harakatida sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi huquqni qoʻllash amaliyotida paydo boʻlayotgan tushunmovchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilib, yoʻl egalarining, yoʻl harakati qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlarini qonun bilan mustahkamlaydi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan qonun loyihasini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Qizgʻin baxs-munozalardan soʻng, ushbu hujjat fraksiya aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring