Yilqichilik sohasida universitet ochiladi

15:35 10 Dekabr 2018 Dunyo
3075 0

Turkmanistondagi qator oliy taʼlim muassasalarida yilqichilik sohasiga daxldor mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu davlat rahbari ulardagi barcha yoʻnalishlarni bitta yaxlit OTMda birlashtirib, uni faqat ot industriyasi boʻyicha kasblarga ixtisoslashtirish lozimligini qayd etdi.

Shu munosabat mazkur mamlakat Bosh vaziriga yilqichilik sohasidagi mutaxassisliklarni yagona oliy oʻquv yurtida mujassamlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash topshirigʻi berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер