Yilning eng yaxshi tarbiyachilari aniqlandi

12:37 25 Sentyabr 2023 Jamiyat
510 0

Poytaxtimizda Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2023” kasbiy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qayd etish joizki, avgust oyi davomida koʻrik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi oʻtkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etgan, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yoʻllanma olgan edi. Tanlovning respublika bosqichida esa jami 82 nafar ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritish uchun oʻzaro bellashdi.

Qatnashchilar “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi maʼnaviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyalarida oʻz bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdi.

— Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Qoraqalpogʻistonda ham yosh avlod kamoloti yoʻlida salmoqli ishlar qilinmoqda, — deydi tanlovning “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasi gʻolibi qoraqalpogʻistonlik Matluba Utepova. — Yangi bogʻchalar qurilyapti, mavjudlari zamonaviy taʼmirlanmoqda. Tizimga yangicha metodikalar, yondashuvlar joriy qilinyapti. Tanlovda bilim va tajribamizni namoyon etdik. Gʻoliblar safida ekanimdan xursandman.

Gʻoliblar pul mukofotlari va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Shahrizoda MUSAYEVA,

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер