Yil yakuniga qadar parranda goʻshti yetishtirish 450 ming tonnaga yetkaziladi

15:28 08 Iyun 2021 Iqtisodiyot
750 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar ijrosiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda

Yigʻilishda aholini chorva, parranda va baliq mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish, bu – tadbirkorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narxlarda sottirish, degani emas.Birinchi galda, tadbirkorlarga bozorda taklifni koʻpaytirish uchun sharoit yaratib berish kerak.Shuningdek, chorvachilikning qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratish lozim, –dedi Prezident.

Yigʻilishda yil yakuniga qadar parranda goʻshti yetishtirishni 450 ming tonnaga yetkazish boʻyicha topshiriq berildi(oʻtgan yili 247 ming tonna boʻlgan).

Bugungi kunda ushbu sohada 1,1 mingta korxonalarning quvvati 50 foizga ham ishlatilmayapti.

Vaholanki, bu borada imkoniyatlar yetarli.Birgina misol, “Jomboy naslli parranda” korxonasida ozuqa-yem ishlab chiqarish, inkubatsion sex, parranda kushxonasini tashkil etib, tuxum tannarxining 25 foiz arzon boʻlishiga erishgan.Shuningdek, korxona kooperatsiya usulida 40 ta xonadonning har biriga 5 mingtadan joʻja va ozuqa tarqatib, veterinariya xizmatini hamda mahsulotni sotib olishni yoʻlga qoʻygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер