Yil oxiriga qadar Oʻzbekistonda optik tola kirib bormagan maktab qolmaydi — vazirlik

14:52 29 Aprel 2021 Jamiyat
1368 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov maʼlum qildi.

«2020-yilda optik tolali aloqa liniyalarini tortish ishlari 7155 ta (71 %) maktablarda amalga oshirilgan. Joriy yil yakuniga qadar bu koʻrsatkich 10 008 ta (100 foiz)ga yetkazish koʻzda tutilgan.

Bugungi kunda internet tarmogʻiga ulangan maktablar “EDUCATION” tarifiga ulangan va maktab quvvatidan kelib chiqib, 10/40/100 Mbit/s tezlikda ishlaydi.

Bugungi kunda maktablarda ichki lokal tarmoq uskunalari hamda Wi-Fi qurilmalar bilan taʼminlangan maktablar soni 4000 mingdan oshdi. 2021-yil yakuniga qadar 7 mingga yaqin maktablarni ichki lokal tarmoq infratuzilmasi bilan taʼminlanadi.

Shuningdek, kelgusida barcha maktablarni va ulardagi kompyuterlarni bogʻlovchi yagona “Elektron taʼlim” korporativ tarmogʻi yaratilishi koʻzda tutilgan», dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер