“Yil yetakchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
Yangi Oʻzbekistonda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda, tabiiyki, yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan turli koʻrik-tanlovlar, xususan, “Yil yetakchisi” tanlovi ham muhim ahamiyat kasb etyapti.
Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu tanlov gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Mazkur tanlov natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi katta leytenant Firdavs Karimov mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Qurolli Kuchlar Akademiyasidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi, kapitan Boburmirzo Soliyev ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi, katta leytenant Temur Xidirovga uchinchi oʻrin nasib etdi.
Barcha oliy harbiy taʼlim muassasalarining harbiy xizmatchilari, tegishli tashkilot masʼul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda tashkilotchilar tomonidan sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovgʻalar tantanali topshirildi.
Yangi Oʻzbekistonda yoshlar siyosatiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga keng tatbiq etilishi natijasida yoshlarimizning taʼlim-tarbiya olishi borasida, ularning Vatanimiz taraqqiyotidagi masʼuliyati va oʻrnini oshirishda, fuqarolarimizning hayoti hamda sogʻligʻini asrash, turmush darajasini yaxshilash masalalarida bir qator natijalarga erishish imkonini bermoqda.
Farhodjon XOʻJAYEV,
FVV Akademiyasi katta oʻqituvchisi, mayor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring