Yil boshidan buyon 26 mingdan ortiq yoʻlovchi avtobusda chiptasiz yurgani uchun jazolandi
Toshkent shahrida avtobuslarda chiptasiz yurish holatlarini aniqlashga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 16-mart holatiga koʻra, Transport xizmatlari sifatini nazorat qilish boʻlimi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda chiptasiz yurgan yoʻlovchilarga nisbatan 4 781 ta (2026-yil boshidan buyon esa — 26 564 ta) maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, yoʻlovchining shahar yoki shahar atrofida qatnovchi avtobuslarda chiptasiz yurishi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasiga muvofiq jazolanishiga sabab boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring