Mirishkorlik 100 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlandi

08:20 17 Aprel 2021 Iqtisodiyot
1041 0

Yaqinda Mirishkor tumanidagi “Guliston” MFY hududida tikuvchilikka ixtisoslashgan “Mirishkor tekstil group” MCHJ tashkil etilib, 100 nafar mahalliy xotin-qiz ish bilan band etildi. Bu korxonada asosan turli koʻrinishdagi futbolka, maxsus kiyim bosh va boshqa turdagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

— Korxonamiz yengil konstruksiyali yigʻma binoda joylashgan boʻlsada, 100 ta zamonaviy tikuv mashinasi yordamida 100 nafar xotin-qiz doimiy ish oʻrniga ega, — deydi “Mirishkor tekstil group” MCHJ direktori Shavkat Oltinboyev. — Biz Qozogʻiston va Tojikistondagi hamkorlarimizga shartnoma asosida bolalar va erkaklar futbolkalari tikib beryapmiz. Buyurtma boʻyicha 20 ming dona Qozogʻistonga va 5 ming dona Tojikistonga kiyim-kechak joʻnatish boʻyicha ish olib boryapmiz. Tumandagi bandlikka koʻmaklashuvchi markaz bilan hamkorlikda xotin-qizlarni qisqa kurslarda oʻquvini tashkil etganmiz. Eng muhimi, Guliston, Chopiq va Hayitobod qishloqlaridan kelib ishlayotgan xotin-qizlar zamonaviy tikuv mashinalarini mohirlik bilan boshqarishmoqda.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер