Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi

19:04 08 Sentyabr 2023 Siyosat
846 0

Yigʻilishda sanoat tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash yuzasidan mutasaddi idoralarga qator topshiriqlar berildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Jumladan, Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi. Joylarda ham viloyat hokimlari boshchiligida hududiy shtablar tashkil etiladi.

Shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, bojxona, bank, energetika, standart, kadastr vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim boʻladi.

Hafta yakunida hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga barcha masalalar Bosh vazir huzurida muhokama qilinadi va qoloqliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarga chora koʻriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 232 ta mahalliy sanoat korxonasida ishlab chiqarishni oshirish, 210 ta yirik sanoat loyihasini toʻliq ishga tushirish choralarini koʻrish topshirildi. Sanoat zonalari va yirik loyihalarning infratuzilma bilan taʼminlanganlik holatini oʻrganish va bu ishlar uchun ajratilgan 1,2 trillion soʻmni toʻliq ishlatish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер